Qashqadaryo gazetasi Ma’naviyat OVRUPO ODATI, LIBOSI VA YOMON IŞLARINI ODAT QILIB, AMMO ILM VA HUNARIDAN KERAGINÇA HISSA OLMABDURLAR
Ma’naviyat

OVRUPO ODATI, LIBOSI VA YOMON IŞLARINI ODAT QILIB, AMMO ILM VA HUNARIDAN KERAGINÇA HISSA OLMABDURLAR

Saralangan satrlar

Jadid mutafakkiri Mahmudxöja Behbudiyning taraqqiyparvar qaraşlari şakllanişida xorijiy mamlakatlarga safari muhim örin tutgan. Behbudiy dastlab 24 yoşida Kavkaz, Turkiya orqali muqaddas Haj safariga boradi va uşbu safar 8 oy davom etadi. 1903-1904-yillarda xizmat safari bilan Moskva, Peterburgga boradi, 1906-yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodda böladi.

1914-yilgi sayohat esa Behbudiy hayotida muhim örin tutadi. Mazkur sayohat yönalişi quyidagiça bölgan: Samarqand – Bayramali (hozirgi Marv) – Aşxobod – Köktepa (Turkmaniston) – Krasnovodsk (Turkmanboşi) – Boku – Mineralniye Vodi – Yessentuki – Pyatigorsk – Jeleznovodsk (Stavropol ölkasi) – Rostov – Odessa (Ukraina) – Istanbul – Adirna – Istanbul – Izmir (Turkiya) – Bayrut (Livan) – Şom (Damaşq-Suriya) – Bayrut – Quddus – Xalil al Rahmon – Quddus – Yofa –  Port Said (Misr) – Qohira.

Mazkur safar taassurotlari “Qasdi safar” nomi bilan “Oyina” jurnalida çop etilgan. Behbudiy xorijiy mamlakatlarda bölarkan, odamlar manfaatiga xizmat qiladigan yangiliklarni eʼtirof etadi. Musulmonlarning bugungi ahvoliga nazar soladi. Çetdagi hayot bilan Turkistondagi holatni soliştiradi. Köp-da afsusga molik jihatlarni ham qayd etadi.

***

 “Qasdi safar” asari tarix, adabiyot va madaniyat ixlosmandlariga albatta maʼqul keladi.

***

Oh, vidoi oila, vatandan çiqmoq naqadar muşkul. Bu muşkulotdan qutulmoq uçun insonni ölub vatandan çiqmoği kelur.

***

Esintukida qolinfuruş eroniy musulmon mağozasi bor. Şarqning har nav matoidan-da mavjuddir. Bir neça kundurkim, jarida öquganim yöq. Eron, Kafkaz jaridalaridan söradim. Yöq! Ana, sizğa musulmonning katta savdoxonasi. Vatandan va butun olami islomdan xabarsiz yaşaydur…

***

Rus xotun va qizlari qöllarida ketmon, qator-qator işlamoqda va qitorimizğa qöl sollab, bayoni “Xuş omadi” etarlar. Bizning sahro xotunlariğa nisbatan alar jabrkaş ekanlar. Keç xotunlar xil-xil işdan qaytmoqda. Ötun, öt va asbob orqalarida kötargan, baʼzan xotunlar arobasini çopturib ketmoqda, ammo bizning sahro xotunlarini ğiybat söylamoqdan boşqa işi yöq.

***

Dengiz oynadek şaffof va sokin, havo latif, yolğuz ostimizda suv-u ustimizda boharidur. Dengizning barroqlik va latofati söng fiş-fişi, paraxödning gumbir-gumbiri tabiatğa jilo berar. Digar tarafdan, möʼtadil va forom bir şamol esar va neça kundan beri safar maşaqqati tortgan jismğa nihoyatda yoqişar. Sathiy bir nazar ila boqilsa, butun yer quruqlik va dunyolar yöq. Har nimarsa, yaʼni şaharlar, çöl, toğlar va mamlakatda qolgan oila va ahboblar xayol olamidadur. Endi dengiz ila paraxöd fikrni öziğa jalb etar…

“Yerdagilarni Sizğa musaxxar qildim” – “Allohning amri ila marokibi bahriya dengizğa joriy bölur” mazmunidagi oyatlar mulohaza qilinur. Oh! Biz, musulmonlar, na uçun Qurʼondan, sanʼat va ğayratdan ketduk?

***

Beçora musulmonlar beş yuz yildan beri Ovrupoda ölturib, Ovrupo odati, libosi va yomon işlarini odat qilib, ammo ilm va hunaridan keraginça hissa olmabdurlar. Bul har yerda şundaydur. Bu kungaça bir çaqirim temir yöli bino qilmoqga butun musulmonlarning ilm va iqtidori yöqdur. Ammo popirus, içkulik va buzuqlik tarafiğa bor kuçimiz ila aʼlo holda tarmaşarmiz.

***

Mundagi maydon va beşalarda yuzlar ila katta çinor va boşqa daraxtlar körulmoqdaki, qobuqlari oçilib, oç askarlar tarafidan oşalibdur. Yerlarni qazib, tomurlar qobuğini yebdurlar. Ana, 20-asrning madaniyati va millatçiligi! Bu bölmasa va mundoq fidokorlik qilinmasa, milliyat va dinlar mahv bölub ketar…

***

Arab madaniyati, arab saltanati mundagi har nav xalqni öziga jalb etib, ammo 1300 sanadan beri aslo bularni aqida va vijdoni milliylariga tasarruf etmaydurki, bul Qurʼoni karimni boşqalarnin dinu vijdonidan ozod qöyganidan va umaroi islomiyaning ğayridinlarni himoya etganlaridandur. Al-on Suriya arablarining bir qismi turklarga yaxşi köz ila qaramaydurki, bul ovrupoyilarni(ng) taʼsiridan ekan. Aksar xalqi va turklar tarbiyat etib öqutganlari, turklarni yaxşi körub, turklar tanazzul etsa, bizni(ng) ham zavolimiz va ovrupoyilarga mahkumiyatimiz bölur, der emişlar…

***

Har kim böğuzigaça töldurdi. Ammo şişadagi muskirotdan na ul boybaççalar va na ul ovrupomijoz bölgan arab va turklar bir qatra bölsun içmadi.

Dedim: “Na uçun içmaysizlar?”

Dedilarki: “Alhamdulilloh, musulmonmiz. Alloh azimuşşaʼn hazratlari Qurʼoni karimda afandimiz vositalari ilan nahyi etibdurki, 1300 sana söngra ovrupoyilar bu xabislarning zararini bilib, özlarini saqlamoqdadur. Biz qanday içarmiz? Anvarbegimiz-da içgan ofisarlarni silki muqaddas askaridan tard etar”.

Dedim: “Ey, misriylarğa na böldi?” Unlar dedilarki, bizning maktablarda muning zararidan bahs etarlarki, insonning içkisi kelmaydur. Dedilarki, “Turkistonu Buxoroda qandaydur?”

Majburan töğrisini söyladim…

Dedilar: “Astağfurullo!”

***

Na Şom va na Quddus va na Qohiradagi ziyoratgohlarda qöy va hökuzni(ng) şoxi va quyruği muqaddas va oliy mazor ustinda qöyilgan yöqdur. Aning uçundirki, bir soddadil turkistoniy harami muhtarami hazrat nabaviyğa kirib, hujrai saodatni ziyorat etgandan söng “Sadağasi ketay, xöb mazor ekan, lekin tuği yöq ekan”, deb hasrat etib ekan.

***

Biz na holdamiz? Oh, bu qadar anbiyo, avliyo, maşohirlar kelib, biz, insonlar uçun şariatlar, tariqatlar, maʼrifatlar vaʼz etib, bizni haqiqatga daʼvat etib ekanlar. Biz, gumrohlar, yöldan çiqib, xazizi nafsoniyatga kulliyan çömubmiz. Bukun özlarini madaniyat va insoniyatni eng oliy tabaqasinda, deb yolğondan daʼvo etadurgan insonlar vahşoniyatni eng asfal darajasinda qöl va ayoq urarlar. Milliyonlar ila bani odamning boisi kulfati va musibati bölurlar.

***

Quddusi şarif atrofini(ng) öndan olti-yettitasi ovrupoyilarniki bölub, nihoyatda oliy va jamiyatlariğa maxsus umumiy binolar solingandur. Yolğuz ovrupoyilar emas, Amriqo nasorolarining ham mulklari bordur.

Quddus atrofini(ng) öndan tört yo uçi mahalliy odamlarniki bölub, ammo obodlik jihatidan ovrupoyilar mulkini(ng) yuzdan biri eʼtibor qilinsa, joizdur. Ofarin ovrupoyilarga!

***

Kalisoning oldinda toşkandlik yoş attor bor ekanki, hoji va zavvorlar olaturgan nimarsalar sotadur. Dökoniğa biroz ölturduk. Mamlakatdan söradi. Qöliğa bir neça nusxa “Oyina” va “Turkiston xaritasi”ni berdim. Ahli savod ekan. Toşkand şahrini körsatdim. Beixtiyor xarita ustindagi Toşkandni öpub, köziğa surtdi (“Hubbul vatani min al-iyman”). Xususan, vatan va ahli diyorni(ng) qadri musofiratğa maʼlum bölur. Haqiqatan vatan muqaddasdur. Qadrini bilmoq kerak. Sotmasğa ölgunça ayrilmasğa kerakdur.

***

Dunyoğa har kim umid ila yaşaydur. Ammo umidğa iş qöşulsa, natija berar.

***

Yöl va bozorda ozgina mastlik zohir bölsa ham hukumat hibs etar ekan, hatto zohiriy mayxona yöq, dedilar. Şom, Misr va butun Turkiya mamlakatiga sinamatöğraf va musiqiy ham raqslik qahvaxonalar soat öndan söngra oçilur ekanki, sababi, oqşom namozining rioyasi va digari keç bölub, şoyadki, xalq borib, behuda masorif ozaysun.

***

Biz Rusiyağa tobe bölub turub, Turkistonni heç bir şahrindagi bir hukumat maktabiğa ön nafar musulmon talabamiz yöq, musulmon tili va musulmon dini öqitmoq nari tursun…

***

Yonimda Hoji Abdulloh isminda şahrixoniy miskin bor. Yuki bir çarx ila 3 put kelaturgan eski-tuski latta-puttalarini bizni töqumdözlar 50 tiyinğa olişi maʼlum yöq. Özi ikki haj qilğon, Iroq, Bağdod va Falastinni ikki dafʼa jayov kezgan bir obiddur. Paraxödda va Pört Saidda nimarsalarimizğa qorovullik va hammollik etdi. Objöş keltiradur. Xulosa, men uçun bir hamşahriy va aʼlo hamrohdur. Misr tufroğida çarxçilik qilib, biroz foyda etib, mavsumda yana Haji şarifğa ketar. Zarradek ğami yöq. Ikki yuzi qip-qizil, tavono. Faqat nihoyatda çirkin, hattoki liboslari kir ila u qadar muhr(a)langanki, habaşni qaro yuzidek yaltiraydur. Xulosa, bu holi ilan bir milliyonerdan tinç va rohatdur…

B.SAYFIYEV tayyorladi.

Exit mobile version