Reklama o‘rnida
O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish – TVEFJMS (OSAGO) shart hisoblanadi. Shu asosda olingan polis haydovchini fuqarolik javobgarligidan himoya qiladi: agar uning aybi bilan yo‘l-transport hodisasi (YTH) sodir bo‘lsa, sug‘urta kompaniyasi belgilangan limit doirasida jabrlanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, ularning avtomobili yoki boshqa mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplaydi.
Bunda, 2026-yildan boshlab umumiy sug‘urta summasi 80 million so‘mgacha etib belgilangan. Shundan 52 million so‘mgachasi hayot va sog‘liqqa, 28 million so‘mgachasi esa mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun mo‘ljallangan. Yengil avtomobil uchun elektron polis narxi hududlarda 160 ming so‘mdan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa 192 ming so‘mdan boshlanadi. Yakuniy narx avtomobil turi, ro‘yxatdan o‘tgan hudud, polisning amal qilish muddati, haydovchilar soni va sug‘urta tarixiga bog‘liq.
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar uchun ОСАГО odatda 12 oyga, mavsumiy foydalanishda esa 6 oyga rasmiylashtiriladi. Mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan yoki O‘zbekiston hududi orqali tranzit harakatlanayotgan xorijiy avtomobillarni 15 kundan boshlab sug‘urtalash mumkin. Polisni 20 kunga rasmiylashtirish imkoniyati individual shartlarga bog‘liq. Shuning uchun aniq muddatni EUROASIA Insurance sug‘urta kompaniyasining 1147 raqamli koll-markazi orqali aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Majburiy sug‘urta tariflari davlat tomonidan tartibga solingani sababli polis taklif etayotgan kompaniyani tanlashda uning ishonchliligi va xizmat ko‘rsatish sifati alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston sug‘urta bozorida 1998 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan EUROASIA Insurance butun mamlakat hududida mijozlarga sifatli, qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatadi.
2026-yil iyul oyida Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi EUROASIA Insurance sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini B2 darajasidan B1 darajasiga oshirdi va ijobiy prognozni saqlab qoldi. Mijoz uchun bu – kompaniyaning sug‘urta majburiyatlarini bajarish va sug‘urta hodisalari yuz berganda to‘lovlarni amalga oshirish qobiliyatiga berilgan mustaqil bahodir.
Kompaniyadan электрон ОСАГО polisini taxminan besh daqiqa ichida onlayn rasmiylashtirish mumkin. EUROASIA Insurance mobil ilovasida ularni xarid qilish, amal qilish muddatini nazorat etish va uzaytirish, hujjatlarni saqlash imkoniyati mavjud. Videoqayd funksiyasi hodisa haqidagi materiallarni 30 soniya ichida yozib olish, sana, vaqt va geolokatsiyani avtomatik ravishda saqlash, keyin esa ma’lumotlarni sug‘urta kompaniyasiga yuborish imkonini beradi.
Raqamli format ayniqsa hududlarda yashovchilar va xorijiy haydovchilar uchun qulay: notanish shaharda ofis qidirmasdan, polisni masofadan onlayn rasmiylashtirish va zarur yordamni olish mumkin.
Ilovani yuklab oling, polisni 3 daqiqada rasmiylashtiring va fuqarolik javobgarligi sug‘urtasiga ega bo‘ling!
App Store
Google Play
Sayt: eai.uz
Instagram: @eai.uz