Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya oliy ma’muriy sudi 2009–yildan buyon uzluksiz kasallik ta’tilida bo‘lgan o‘qituvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Der Spiegel manbasi xabar tarqatgan.
O‘tgan yillar mobaynida oylik ish haqi olishda davom etgan Rurshtadt viloyatida yashovchi pedagog Dyusseldorf sudining dispanserizatsiya haqidagi qaroriga e’tiroz bildirishga uringan. Uning ta’kidlashicha, rasmiylar oradan 16 yil o‘tib tibbiy ko‘rikdan o‘tishni asossiz talab qilayapti.
«Javobgarning uzoq yillik harakatsizligi haqiqatdan ham tushunarsiz, biroq bu tekshiruvdan o‘tish zaruratini bekor qilmaydi», deya tushuntirilgan sud qarorida.
Tibbiy tekshiruvda ayol o‘qituvchilik faoliyatiga qaytishga qodirmi yoki pensiyaga chiqishi kerakligi aniqlanadi. Sud rasmiylarning bu boradagi tashabbusi kechikkanini tan olgan, ammo dispanserizatsiya majburiyligini ta’kidlagan.