Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida namoyishchilar talablarini qabul qilib, parlament a’zolari uchun ustamalarni bekor qildi va ularning xorijiy xizmat safarlariga nisbatan moratoriy kiritdi. Bu haqda Al Jazeera manbasi ma’lum qilgan.
«Men xalqning samimiy talablariga javoban partiyalar rahbarlaridan yolg‘on bayonotlar bergan bo‘lishi mumkin deputatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot oldim», degan siyosatchi.
U 1-sentabrdan parlament a’zolari uchun ustama va xorijiy safarlarga taqiq kiritilganini qayd etgan. Shuningdek, namoyishlar tinch o‘tishi kerakligi, agar jamoat obyektlariga zarar yetkazilsa yoki uylar tunalsa, unda «davlat o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun aralashishga majbur» ekanligini qo‘shimcha qilgan.
Prezident harbiylar va politsiyachilarga isyonchi va marodyorlarga qarshi keskin choralar qo‘llashni buyurganini ham bildirgan.
Jakartada 28-avgustda boshlangan namoyishlarda minglab ishchilar ish sharoitlarini yaxshilash va maoshlarni oshirish, shuningdek, parlamentni tarqatib yuborish talabi bilan ko‘chalarga chiqqan.