Qashqadaryo gazetasi Olam Qadimiy shahar suvsiz qolishi mumkin
Olam

Qadimiy shahar suvsiz qolishi mumkin

Kobul 2030-yildayoq ichimlik suvi batamom tugashi xavfiga duch keladi, deyiladi Mercy Corps xalqaro gumanitar tashkilotining The Guardian gazetasida chop etilgan ma’ruzasida.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, Afg‘oniston poytaxtida oxirgi o‘n yil davomida yer osti sizot suvlari sathi 30 metrga pasaygan. Jadal urbanizatsiya jarayoni va iqlim o‘zgarishi oqibatlari shu qadar keskin vaziyatning sabablari hisoblanadi. Shahardagi quduqlarning yarmiga yaqini allaqachon qurigan, suv iste’moli hajmi esa zaxiralarning tabiiy tiklanishi sur’atidan sezilarli darajada yuqori – yillik taqchillik taqriban 44 million kubometrni tashkil etadi.

Bundan tashqari, qolgan suvlar sifati masalasi ham jiddiy tashvish uyg‘otadi: yer osti manbalarining qariyb 80 foizi kanalizatsiya chiqindilari, tuz va margimush bilan ifloslangani ulardan olinadigan obi hayotni xavfsiz iste’mol uchun yaroqsiz qiladi. Aholi daromadining salmoqli qismini toza ichimlik suvi xaridi uchun sarflashga majbur – oila budjetining uchdan bir qismi aynan shunga ketadi.

Exit mobile version