Qashqadaryo gazetasi Jarayon Qamashining birinchi ayol rahbari
Jarayon

Qamashining birinchi ayol rahbari

Qamashi tumanining birinchi ayol rahbari sanalgan Nozik Chalayeva 1939-yil Oqrabod qishlog‘ida tavallud topgan. Bolalik damlari urush vaqtiga to‘g‘ri kelgan.

1966-yilda Qarshi davlat pedagogika universitetini tamomlab, ish faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlaydi. Keyinchalik Oqrabod jamoa xo‘jaligi raisligi vazifasini ham bajaradi. Raislik vaqtida Oqrabod yerlarini o‘zlashtirish maqsadida Chimqo‘rg‘ondan kanal qazib kelinishida tashabbus ko‘rsatadi. Natijada Oqrabodda qo‘shimcha 1000 gektar yerga obi hayot olib kelingan.

1972-1976-yillarda Qamashi tumanining birinchi rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Uning mehnat faoliyatini haligacha yaxshi xotiralar bilan yodga olishadi.

Nozik Chalayeva, shuningdek, Qashqadaryo viloyati sotsial ta’minot bo‘limi mudiri, viloyat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi boshlig‘i, Qamashi tumani «Qaynar qizi Nargiz» fermer xo‘jaligi rahbari sifatida ham samarali faoliyat olib borgan.

B.SAYFIYEV tayyorladi.

Exit mobile version