Shvetsiya parlamenti yaqin qarindoshlar, jumladan, amakivachcha va xolavachchalar o‘rtasidagi nikohlarni taqiqlovchi qonunni bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda Sweden Herald nashri ma’lum qilgan.
Yangi qoidalarga muvofiq, jiyanlar bilan amma, xola, amaki yoki tog‘alar o‘rtasidagi nikohlar ham taqiqlanadi. Shuningdek, o‘gay va to‘liq bo‘lmagan aka-uka hamda opa-singillar o‘rtasidagi nikohlarga ham ruxsat berilmaydi. Cheklovlar farzandlikka olish natijasida qarindosh bo‘lib qolgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Qonun 2026-yil 1-iyuldan kuchga kirgan. Shu sanadan keyin Shvetsiya hatto mamlakat tashqarisida qonuniy tarzda tuzilgan qarindoshlar nikohlarini ham tan olmaydi.
Mavzuga oid, o‘tgan yili Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari mamlakatda amakivachcha va xolavachchalar o‘rtasidagi nikohlarga rasmiy taqiq joriy etilganidan keyin qayd qilingan nikohlar soni qariyb ikki barobar kamayganini xabar qilgan edi.