Qashqadaryo gazetasi Jamiyat Qarşi va Şahrisabzda qozilik qilgan jadid ma’rifatparvari
Jamiyat

Qarşi va Şahrisabzda qozilik qilgan jadid ma’rifatparvari

Qaşqadaryoga oid

Jadidlar faoliyati keng miqyosda örganişni taqozo qiladi, ayni paytda har bir tadqiqot köplab yangi bilimlar manbaini tuhfa etadi.

Davlat va jamoat arbobi, mudarris, qozi, rais, qozikalon, xattot Şarifjon Maxdum Sadr Ziyo (1865-1932) jadid ma’rifatparvarlaridan sanaladi. Uning öğli Muhammadjon Şakuriy tojik tili va madaniyati rivojlanişiga ulkan hissa qöşgan taniqli olimdir. Jumladan, u 1987-yilda Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi darajasiga erişgan.

Sadr Ziyo Buxoro amirligiga qaraşli Ziyovuddin   hududida tuğilgan. Ziyo (Nur) uning taxallusi, Sadr esa   diniy-ilmiy martaba sanalib, dastlab unga Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan Sudur va Sayid Olimxon tomonidan Sadr unvoni berilgan.

Otasi Abdurasul öğli Abduşukur (1817-1889) ijtimoiy kelib çiqişiga köra çarmgar kosiblardan bölib, öz davrining ilğor ziyolilaridan hisoblangan. Sadr Ziyoga otasidan katta kutubxona meros sifatida qolgan.

Sadr Ziyo dastavval otasi qölida xat-savod çiqargan. Maktab ta’limini olgaç, madrasada tahsil körgan. Madrasada öqigan kezlari uyida öz davrining ilğor kişilarini töplab, adabiy keçalar va yiğinlar uyuştirib turgan. Uşbu ma’rifiy tadbirlar Buxoro adabiy muhiti şakllanişiga katta ta’sir körsatgan.

Sadr Ziyo 1893-yilda Xayrobod (hozirgi Jondor) tumaniga qozi etib tayinlanadi va mazkur lavozim bilan boğliq faoliyati 1920-yilgaça, ya’ni Buxoro inqilobiga qadar davom etadi. Sadr Ziyo Xayrobodda olti oy qozilik qilgaç, Yangiqörğon bekligida, Xutfar (Peşku) tumanida, Karmana, Karki bekliklarida, Komot (Vobkent) keyin yana Xutfarda faoliyat yuritadi. Keyingi faoliyati esa Qaşqadaryo zaminiga köçadi. Dastlab Şahrisabzda, 1910-1916-yillarda  Nasaf bekligida, 1916-1917-yillarda Qarşi bekligida qozilik qiladi.

1917-yil 27-martda esa Sadr Ziyo Buxoro qozikaloni etib tayinlanadi. Ammo saroy amaldorlarining katta qismi noroziligi tufayli 9-aprelda lavozimidan böşatiladi. Oradan 5 oy ötgaç, Amir Olimxon Şarifjon Sadr Ziyoni Qarşi bekligi qozisi etib tayinlaydi.

1918-yil bahorida Turkiston xalq komissarlari soveti raisi F.Kolesovning Buxoroga qarşi bosqini oqibatida Amir Olimxon jadidlarni xoinlikda ayblab, jazolaşni buyuradi. Qarşida qozilik qilayotgan Sadr Ziyo ham jadidlarga xayrixohlikda ayblanib hibsga olinadi. Yetmiş kundan söng ozod etilib, Şahrisabz bekligiga qozi etib tayinlanadi. 1920-yilda Buxoroda amirlik tugatilgaç, Sadr Ziyo Buxoro xalq sovet respublikasi vaqf işlari böyiça boşqarmasida iş boşlaydi. Keyinçalik şariat işlari böyiça boşqarma raisi örinbosari va 1923-yildan Abu Ali ibn Sino nomidagi kutubxona rahbari sifatida faoliyat yuritadi. Sadr Ziyo davlat arbobi böliş bilan bir paytda tarixnavislik va adabiyot bilan şuğullanadi.

U 1932-yilda sovet qamoqxonasida vafot etgan.

Ayrim manbalarda Şarifjon Maxdum qalamiga mansub turli mavzulardagi asarlar soni 75 tani taşkil etadi, deyilgan. Sadr Ziyo arab va fors tili grammatikasi, mumtoz adabiyot, tarix fanlarini, xattotlik san’atini puxta egallagan. «Tazkor ul-aş’or» («Şye’riyat xotiranomasi») tazkirasini tuzgan. Unda Ahmad Doniş, Şamsuddin Mahmud Şoqin kabi şoir va olimlar hayoti, ijodiga keng örin berilgan. Şuningdek, «Tazkirat uş-şuaroi mutaqaddimin va salatini maosirin va buzurgoni mutavarrin» («Ötmiş va hozirgi zamon şoirlari, sultonlari tazkirasi»), «Şuaroi mutaaxxirin va fuzaloi maosirin» («Sönggi davr şoirlari va zamondoş fozillar»), «Tazkirat ul-hukamo» («Hokimlar tazkirasi»), «Navodiri ziyoiya» («Ziyo nodirliklari») kabi asarlari ham mavjud.

Exit mobile version