Qashqadaryo gazetasi Olam Qarzga botgan Singapur, AQSH va Yaponiya
Olam

Qarzga botgan Singapur, AQSH va Yaponiya

O‘tgan yili Singapur va AQSH davlat qarzi aholi jon boshiga eng ko‘p to‘g‘ri keladigan mamlakatlar bo‘lgani qayd etildi. Ularda bu ko‘rsatkich 100 ming dollardan oshadi. Bu haqda BMT ma’lumotlari tahlili asosida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, 2024-yil yakuni bilan kishi jon boshiga to‘g‘ri keladigan suveren qarz biryo‘la 132 ta davlatda ko‘paygan bo‘lsa, 48 ta mamlakatda kamaygan. Qarzlar miqdorining aholi soniga nisbati dunyo bo‘yicha o‘rtacha 11,4 ming dollarni tashkil qilgan.  

Bu borada birinchi o‘rinda turgan Singapur davlat qarzi mamlakat aholisi jon boshiga 158 ming dollardan to‘g‘ri keladi. Keyingi pog‘onadagi AQShda bu ko‘rsatkich 103,7 ming, shuningdek, Yaponiyada 76,9 ming dollarni tashkil qilgan.

Exit mobile version