Qashqadaryo gazetasi Jarayon Qashqadaryoda “Media haftalik”ka start berildi
Jarayon

Qashqadaryoda “Media haftalik”ka start berildi

Ushbu yirik tadbir mamlakatimizda axborot makonini yanada rivojlantirish, OAVda zamonaviy jurnalistika standartlarini joriy etish hamda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim platforma sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, media mutaxassislar va sohaga ishtiyoqmand yoshlarni jam qilgan haftalik doirasida turli davra suhbatlari, master-klasslar, treninglar, media-loyihalar taqdimoti va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalarini OAVda qo‘llash, ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish va samarali kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish kabi dolzarb mavzular muhokama markazida bo‘ladi.

Shuningdek, tadbir yosh jurnalistlar va talabalar uchun katta imkoniyat eshiklarini ochadi. Ular sohaning yetakchi mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish, tajriba almashish va o‘z loyihalarini taqdim etish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ushbu “Media  haftalik” milliy media makonni yanada jonlantirishga xizmat qilishi, yangi g‘oya va tashabbuslarni yuzaga chiqarishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, axborot sohasida raqobatbardoshlikni oshirish, sifatli kontent ulushini ko‘paytirishga zamin yaratadi.

Shohista BOZOROVA

Exit mobile version