Qashqadaryo gazetasi Iqtisodiyot Qashqadaryoda tadbirkorlikning eng ommabop shakli qaysi?
Iqtisodiyot

Qashqadaryoda tadbirkorlikning eng ommabop shakli qaysi?

Statistika

Viloyat statistika boshqarmasi 2026-yil 1-mart holatida hududda faoliyat ko‘rsatayotgan jami 25 ming 875 ta tijorat korxonasining tashkiliy-huquqiy shaklini tahlil qildi.

Dastlabki olingan ma’lumotlarga ko‘ra, MCHJ shakli – biznes yuritishda mutlaq yetakchi. Qashqadaryodagi tadbirkorlarning 64,4 foizi (16 ming 674 ta) aynan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklini afzal ko‘rmoqda.

Xususiy korxonalar  5 ming 863 ta (22,7 foiz), oilaviy korxonalar  2 ming 943 ta (11,4 foiz), aksiyadorlik jamiyatlari 30 ta (0,1 foiz)ni tashkil etadi.

Demak, tahlillar Qashqadaryoda biznes yuritishning MCHJ shakli tadbirkorlar uchun huquqiy va iqtisodiy jihatdan eng qulay va ommalashgan tuzilma bo‘lib qolayotganini ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) xo‘jalik shirkatining bir turi bo‘lib, uning mulki (kapitali) muassislar orasida tegishli nizomlarda ko‘rsatilganidek taqsimlanadi. MCHJ a’zolari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘ladi. Ikkitadan kam bo‘lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga ko‘ra, umumiy xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida ularning ulushlarini qo‘shish yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi.

O‘z muxbirimiz

Exit mobile version