Saralangan satrlar
«Amerika – sehrli diyor». Atoqli şoirimiz Abdulla Oripovning uşbu ta’rifida jon bor, albatta. Bejiz har yili minglab, millionlab kişi okeanorti mamlakatiga intilmaydi. Osmonöpar binolar, gözal şaharlar, öziga xos tabiat, maşhur yodgorliklar qatori imkoniyatlar serobligi ham kişilarni mudom öziga çorlaydi. Ozodlik haykali, Gollivud şaharçasi, Niagara şarşarasi, Las-Vegas kabi manzillarni borib körişni kim ham istamaydi deysiz. Amerika – turli millatlar, madaniyatlar va urf-odatlar uyğunlaşgan mamlakat. Dunyoning eng yetakçi universitetlari ham şu yerda. Davrning eng buyuk kaşfiyotlari, yangiliklari şu mamlakatdan deboça oladi.
Binobarin, sehrli diyor haqida yozilgan badiiy asarlar ham kitobxonlarni qiziqtirişi tabiiy. Samarqandlik Bahodir Jabborovning «Hello, Amerika» qissasi ana şunday asarlardan biri. Unda muallif Amerikadagi va yurtimizda keçgan hayotini qalamga oladi. Diqqatga sazovor jihati, Bahodir Jabborov sport bilimdoni, 2 mingdan ortiq jamoalar, minglab sportçilar, ularning murabbiylari, hakamlar va stadionlar, sport arenalari nomi, turnirlar tafsilotini xotirasida saqlagan va ana şu noyob xotira quvvati özga yurt fuqarolari bilan bemalol til topişişida qöl kelgan.
Adib 1970-yildan xonadonida uy-muzeyini taşkil etgan bölib, unda jahon sportiga oid 50 mingdan ortiq eksponatlar joy olgan, u afsonaviy darvozabon sifatida dunyoga dovruq taratgan Lev Yaşin bilan döstona aloqada bölgan ekan.
«Hello, Amerika»dagi qiziqarli syujet va sportga oid fikr-mulohazalar Sizni befarq qoldirmasligiga işonamiz.
* * *
Sizda ham şunday böladimi, yöqmi, bilmadim-u, mening iştaham bilan imkoniyatim teskari proporsiyada turadi. Kissam kasodga uçragan kezlari iştahamning qopqoği batamom oçiladi.
* * *
Ketmaydigan mehmon, yiqilmaydigan polvon bölmaydi.
* * *
Pyer de Kubertenning butun dunyo xalqlari orasida aforizmga aylanib ketgan maşhur sözlarini takrorladim: «O, sport, bu olam içra sening özing alohida bir olamsan!»
* * *
Mabodo millatlarni yomğirga öxşatadigan bölsak – boşqalar mayda-mayda yoqqanda, bir şarros qöyamiz.
* * *
Bu – Amerika! Amerika hatto «Sportloto» öyinida ham öz pulini mahkam çangallab turadi!
* * *
Avstriyalik Astor degan yigit çöntagida ellik dollar (öşa payt u salmoqli summa bölgan) bilan kemada, yangi dunyoni zabt etiş maqsadida Amerika sari yöl olgan. Öşanda u bor-yöği ön yetti yoşli yigitça bölgan. Ittifoqo, u möyna savdosi bilan şuğullanuvçi bir savdogar bilan bitta kayutada xonadoş bölib qoladi. Astor e’tiborli öspirin edi, u garçi kim bilan birga ketayotganini bilmasa ham, xuşmuomala va mulohazakorlik sifatlarini namoyon etgan. Hamrohining e’tiborini qozongan. Amerika diyoriga kelişlari bilan savdogar uni iş bilan ta’minlagan. Keyinçalik u savdogarning qizi bilan tanişib, qalbini zabt etgan, köp ötmay, töylari bölib ötgan. Möyna qiroli ularga uç yuz dollar töyona qilgan. Öşa vaqt gollandiyalik bir kişi hindu-aborigenlardan butun boşli Manxetten hududini bor-yöği yigirma beş dollarga sotib olganini nazarda tutadigan bölsak, savdogar farzandlarining baxt töyiga mömaygina sarmoya sovğa qilganini çamalaş mumkin böladi.
Bir söz bilan aytganda, Astor ana şu sarmoya hisobidan özining şaxsiy möyna sanoatiga asos soladi. U yillar ötib, butun dunyoni zabt etişga kirişadi. Hozirda jahonning turli mamlakatlarida «Astoriya» nomli minglab mehmonxonalar faoliyat körsatadi. Ha, darvoqe, şulardan biri – Samarqandda.
* * *
Pul degan qusur otani bolaga, akani ukaga qayraydigan, oraga sovuqlik tuşiradigan bir unsur.
* * *
Amerikada bizdan farqli ölaroq, bemorning ahvoli haqida uning yaqinlariga oçiq-oşkor ma’lumot beriladi. Öladigan bölsa, öladi, deyişadi heç ikkilanmay. Naçora, u yerning axloqiy mezonlari bölakça.
* * *
Kişi hadeb özini oqlaşga tuşsa, oxir-oqibat, oqsab qoladi.
* * *
Otam menga bir haqiqatni uqtirgan. Heç narsaga ortiqça mehr berma, deb örgatgan. Nimagaki keragidan ortiq e’tibor qaratsang, öşaning qurboniga aylanasan, derdi.
* * *
Odamlar bir-birlarini qöllab yaşaşlari kerak, degan xulosaga kelganman. Bu muvaffaqiyat omili. Agar ana şu hamjihatlik bölmaganda insoniyat ibtidoiy jamoa tuzumidayoq butkul qirilib ketgan bölardi.
* * *
Bu hayot ham futbol maydoni. Töpni bir-biriga oşirib öynagan jamoa zafar quçadi. Uni yonidagi şerigining oyoğiga taşlab berişdan qizğangan öyinçi yutqazadi.
* * *
Har qanday yuksaklik mittidan kabirga ösib boradi.
* * *
Umuman olganda, inson pöstinga öxşaydi: uning ham qayeridadir, nimadir ilakişgan böladi. Şuni deb pöstindan keçilmagani kabi insonni ham qaysidir qusurlari uçun çiqitga çiqariş noörin. Pöstinni qoqsang, ğubori ariydi, odamni ham ba’zi-ba’zida yaxşilab silkilab tursang bas, kiri tökiladi.
* * *
E’tibor berganmisiz, hamişa şunday bölgan. Qilğiliqni kimlar qiladi-yu, dehqon bilan ketmon baloga qoladi, afsus.
* * *
Örmon yirtqiçlarsiz örmon emas.
* * *
Mana şu şarmandali mağlubiyat hatto ikki qardoş respublika rahbarlari Şerbitskiy va Raşidov orasidagi ziddiyatni keskinlaştirdi. Ular özaro gaplaşmay qöyişgan hattoki. Öz futbol jamoasining mağlubiyatidan yaralangan respublika rahbari javob uçraşuvi ötkazilişini talab qildi. Revanş – qasos oliş maqsadi barq urdi. Ammo «Qasd qilgan past bölar» degan naql bor xalqimizda. Buning tasdiği sifatida «Paxtakor»ning Kiyevda yana bir karra «Dinamo»ni 0:1 hisobi bilan mağlubiyatga uçratganini misol keltirişimiz mumkin.
* * *
Toşni suv kemiradi, odamni maqtov yemiradi.
* * *
Uluğ faylasuf Immanuil Kant «Haqiqatdan va ötmişingdan qoçib qutulmaysan», degan.
* * *
Avvallari davra va yiğinlarda yoşi keksalar, uyda esa ota-onamiz birovning haqiga xiyonat, birovning rizqiga söramay qöl uzatiş, tama va tovlamaçilik gunohi kabir ekani haqida pand öqirdilar. Mana şu saboqlar sababmi, içimizdan sado berib turguvçi bir ovoz bizni mana şunday qaltis yölga qadam qöymaslikka, haromdan hazar qilişga undab turardi. Biroq hozirda bu narsa kamyoblaşib boryapti. Tovlamaçilik, hiyla, bir-birini çuv tuşiriş odatiy holga aylanib qoldi. Özidan özgaga pand öqiydigan ham qolmayapti, öziga havola…
* * *
It azobiga faqat it bardoş beradi.
* * *
Hayot faqat yeyiş-içiş, öyin-kulgi, ur-yiqitdan iborat emas: inson öz ortidan eslaşga arzigulik nimalardir qoldirişi ham kerak.
* * *
Bilmay erişilgan natijani kim ham bilib turib sovuradi?!
* * *
Otlar keçuvda almaştirilmaydi.
* * *
Odatda bunday çoğ aksar odamlar yurak öynoği bölib qoladilar. Ölim oldi azobi odamning butun dunyoga bölgan mehrini söndirib qöyadi. Eng yomoni, tevarak-atrofdagilarni, u kim bölişidan qat’i nazar xuşlamay qoladi.
«Nega u emas, bu emas, ular emas, nega men?» degan oğir öylar uni kemira boşlaydi. Biroq, oçiğini aytay, men unaqa odamlar xilidan emasman.
Onkologiya markazidan çiqqanimda dimoğimga urilgan toza havo menga bu dunyo qançalar aziz va mukarram ekanini yana bir karra eslatgandek böldi. Tetik va bardam odim otib borar ekanman, ovozimni baralla qöyib, qöşiq aytişga kirişdim. Ölimga qasdma-qasd yaşayman, deb dilimga tugdim.
* * *
JAR va Meksika bellaşuvidan keyin taniqli britaniyalik hakam Pol Gremning hamyurtimiz Ravşan Ermatov şa’niga aytgan sözlari butun dunyoga tarqaldi: «U xuddi robotdek hukm çiqaradi!» degan edi u.
* * *
Futbol olamida «tirik afsona» deb tan olingan, betakror futbolçi sifatida e’tirof etilgan Diyego Maradona jamoasi nemislarga 0:4 hisobda öyinni boy bergan bellaşuvdan söng mana şu öyinga hakamlik qilgan Ravşan Ermatovning yoniga kelib, samimiy qutlaş bilan hurmat va e’tirofini ifoda etdi. Bu janjalkaş, kalondimoğligi bilan tanilgan odamning voqelikka xolis, oddiy, odamiy munosabati böldi. Uluğ futbolçi bu borada ham uluğvorligini namoyiş etdi.
B.SAYFIYEV tayyorladi.