Turkiyada pediatr shifokor yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotib olishda gumonlanmoqda, deb xabar bergan Haber Turk manbasi.
Politsiya 57 yoshli ayolni qonunchilikka zid tarzda pul evaziga bola sotib olishda gumonlab, qo‘lga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, u Kushadasi shahridagi davlat shifoxonasida ishlagan va 2022-yilda farzand asrab olishni rasmiylashtirishga harakat qilib, rad javobini olgan. Bunga uning yoshi va eridan alohida yashashi sabab bo‘lgan.
Biroq yaqinda shifokor o‘z vazifasidan foydalanib, 21-iyulda tug‘ilgan bolani uning onasidan sotib olgan. Chaqaloq noma’lum sharoitda tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan bo‘lgan. Hamshira bola tanasida kaltaklanishdan qolgan izlar borligini payqagan. Bundan xabar topgan pediatr jabrlanuvchini hech kimi yo‘q mazmunida qayd kiritilgan yo‘llanma asosida boshqa hududdagi shifoxonaga ko‘chirgan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi va mahalliy politsiya voqea yuzasidan surishtiruv boshlagan. Shifokor hibs qilinib, vazifasidan chetlashtirilgan. Bolaning sog‘lig‘i og‘ir deb baholangan, uning biologik onasi ham qo‘lga olinishi kutilmoqda.