Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin to‘qqiz nafar yuqori martabali harbiy amaldorni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri mamlakat mudofaa vazirligi vakili bergan ma’lumotlarga tayanib xabar tarqatgan.
«Xitoyda mamlakat yetakchisi armiyada korrupsiya va xiyonatga qarshi kurashni kuchaytirishi fonida o‘zining mavqei bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi va yana sakkiz nafar yuqori martabali harbiy komandirini ishdan bo‘shatdi», deyiladi xabarda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z vakolatlarini topshirgan amaldorlar ichida mamlakatda katta ta’sirga ega bo‘lgan generallardan biri Xe Veydun ham bor. Uning ishdan bo‘shatilishiga «jiddiy intizomiy qoidabuzarliklar va hokimiyatni suiiste’mol qilish» sabab bo‘lgan.
Avvalroq Bloomberg manbasi Xitoy raisi harbiy rahbariyat orasida ommaviy tozalash boshlagani va uning doirasida ishdan bo‘shatilganlar soni allaqachon Mao Szedun davrida kuzatilgan ko‘rsatkichga yetgani haqida yozgandi. Jurnalistlar hisob-kitobiga ko‘ra, avgust oyi oxirigacha Si Szinpin o‘zi tayinlagan generallardan qariyb beshdan birini ishdan bo‘shatgan.