Qashqadaryo gazetasi Olam Shahar kengashi a’zosi lobbichilik qilish evaziga pora olganlikda gumonlanmoqda
Olam

Shahar kengashi a’zosi lobbichilik qilish evaziga pora olganlikda gumonlanmoqda

Yaponiyaning Yonago shahri kengashi a’zosi Kiyosi Inatu shahardagi parklaridan birida maymunlar sonini kamaytirish uchun lobbichilik qilish (rasmiy qaror chiqarishga erishish maqsadida ta’sir ko‘rsatish) evaziga pora olganlikda gumonlanib, hibs qilindi. Bu haqda Sora News nashri xabar chop etgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, amaldor 2024-yilning yozida jamoat parklariga xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan kompaniya vakilidan 6500 dollar olgan.

Tergov pullar parkdagi boshqaruv kompaniyasiga saqlash juda qimmatga tushadigan maymunlar sonini kamaytirish tashabbusini ilgari surish evaziga berilgan deb hisoblamoqda.

Kiyosi Inatu taxmin qilinayotgan porani olganidan so‘ng masalani shahar kengashi majlislarida kamida ikki marta ko‘targan. U parkda maymunlar juda ko‘pligini ochiqcha aytgan. 2025-yil martda esa kengashni ularning qo‘riqxonasini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqirgan.

Bu davr ichida parkdagi maymunlar soni taxminan 50 tadan 37 tagacha kamaygan.

Exit mobile version