Qashqadaryo gazetasi Olam SHHTning navbatdagi sammitiga kimlar taklif etilgan?
Olam

SHHTning navbatdagi sammitiga kimlar taklif etilgan?

Xitoyning Tyanszin shahrida 31–avgust-1–sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) sammitida yigirmadan ortiq davlat rahbarlari, shuningdek, 10 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi kutilayapti. Bu haqda mezbon mamlakat tashqi ishlar vaziri yordamchisi Lyu Bin ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro yetakchilar SHHTning muvaffaqiyatli tajribasi va tashkilotning rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qiladilar, shuningdek, SHHT doirasida hamkorlik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilishadi.

Tadbirga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya, Rossiya, Belarus prezidentlari, Pokiston, Hindiston, Armaniston bosh vazirlari va boshqa davlatlar yetakchilari, siyosatchilar taklif etilgan.

SHHT – 2001-yilda asos solingan xalqaro tashkilot bo‘lib, unga dastlab O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zo bo‘lgan.  2017-yilda Pokiston va Hindiston, 2023-yilda Eron hamda 2024-yilda Belarus ushbu tarkibga qo‘shilgan. 

Exit mobile version