Qashqadaryo gazetasi Olam SI kuzatuv va nazorat vositasi sifatida ishlatilmoqda
Olam

SI kuzatuv va nazorat vositasi sifatida ishlatilmoqda

Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari XXI asrning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylandi. Global Issues ma’lumotiga ko‘ra, u bugungi kunda iqtisodiyot, tibbiyot, ta’lim va davlat boshqaruvida keng qo‘llaniladi.

SI ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, katta ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilishni tezlashtirish imkonini oshirayapti. Masalan, tibbiyotda AI kasalliklarni erta aniqlashda yordam berayapti, sanoatda esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda qo‘l keladi.

Biroq bu rivojlanish bilan birga qator muammolar ham yuzaga kelgan. Ayrim davlatlarda SI kuzatuv va nazorat vositasi sifatida ishlatilmoqda. Bu esa shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va inson huquqlari masalalarini kun tartibiga olib chiqdi.

Shuningdek, SI mehnat bozoriga ham ta’sir qilmoqda. Ayrim kasblar yo‘qolib, yangi kasblar paydo bo‘layapti. Bu esa qayta tayyorgarlik va ta’lim tizimini isloh qilishni talab qiladi.

Mutaxassislar endi SI rivojini xalqaro qonunlar va etika meyorlari asosida boshqarish zarurligini ta’kidlayapti. Aks holda insoniyat kelajagi uchun hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan bu texnologiya nazoratsiz qolib ketadi.

Exit mobile version