Qashqadaryo gazetasi Olam Siyosiy mahkumlar uchun amnistiya
Olam

Siyosiy mahkumlar uchun amnistiya

Venesuela milliy assambleyasi 1999–yildan buyongi siyosiy zo‘ravonlik davri jinoyat ishlarini qamrab oluvchi «Demokratik birga mavjudlik uchun amnistiya to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda qonun chiqaruvchi organning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilingan.

 «Qonun loyihasi birinchi o‘qishda bir ovozdan ma’qullandi», deyiladi xabarda.

Oldinroq mamlakatning muvaqqat rahbari inson huquqlari himoyachisi, muxolifat lideri Mariya Korina Machadoning safdoshi Xavyer Tarasonani qamoqdan ozod etgandi. Mamlakatdagi siyosiy mahkumlar ahvolini kuzatib boruvchi Venesuela Foro Penal huquq himoyachilari guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, siyosiy sabablar bilan qamoqqa tushgan yana 310 kishi ham ozodlikka chiqarilgan.

Shu yil 31-yanvar kuni mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges siyosiy mahkumlar uchun umumiy amnistiya e’lon qilib, mas’ullarga bu haqdagi qonun loyihasini tayyorlash va parlamentga kiritish topshirig‘ini bergan edi.

Exit mobile version