Eron so‘nggi oylarda 20 kishini Isroilning Mossad tashqi razvedka idorasi xodimi ekanlikda gumonlab, hibsga oldi. Bu haqda Reuters manbasi mamlakat sud hokimiyati vakili Asgar Jahongiriyga tayangan holda xabar tarqatgan.
«Sud tizimi sionistik rejim xufiya va agentlariga marhamat ko‘rsatmaydi, qat’iy qarorlar chiqarib, ularga saboq beradi», degan u.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan gumonlanuvchilarning ayrimlaridan ayblovlar olib tashlanib, ular ozod qilingan. Tergov yakunlari bo‘yicha barcha tafsilotlar oshkor qilinadi.
Eron va Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik qurolli mojaro davrida kamida 700 kishi sotqinlik uchun hibsga olingan. Ulardan nechtasi oliy jazoga hukm qilingani noma’lum. Biroq 25-iyunda dushman bilan hamkorlikda aybdor deb topilgan uch kishiga nisbatan o‘lim hukmi o‘qilgan.