Estoniya hukumati o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish uchun noodatiy usulni ishlab chiqdi: flomasterlar, konfetlar va boshqalardan iborat maxsus to‘plam.
Ijtimoiy sug‘urta departamenti maslahatchisi Kseniya Repson-Deforj suitsidga undovchi o‘y-xayollarni yengishga yordam berishga mo‘ljallangan «o‘smirlar uchun to‘plam» o‘ylab topilgani haqida gapirgan. To‘plamga rang-barang bo‘yaladigan rasmli kitobchalar, flomasterlar, lab garmonь cholg‘usi, spinner, Rubik kubigi, xushbo‘y hid taratuvchi sham, antistress to‘pchasi, grelka, oltin medalь, chaynaladigan konfetlar va boshqa narsalar kiradi.
Departament vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu to‘plam 10 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar guruhi uchun mo‘ljallangan. Undagi buyumlar yoshlarni salbiy o‘y-xayollardan chalg‘itishga va vasvasa darajasini pasaytirishga yordam berishi taxmin qilinmoqda.