Foydalanuvchi-larning Chat GPT (sun’iy intellekt) bilan yozishmalari sud talabiga ko‘ra oshkor etilishi mumkin. Bu haqda Open AI rahbari Sem Altman ma’lum qildi, deya xabar bergan Business Insider manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar odamning psixoterapevt bilan muloqoti jarayonidagi maxfiylik qonun bilan himoyalansa, mutaxassisni sun’iy intellekt (SI)ga almashtirishga urinish jarayonida suhbatda aytilgan gaplar kezi kelganda foydalanuvchiga qarshi ishlatilishi mumkin.
Tadbirkor uning kompaniyasi SI bilan nozik mavzularni muhokama qilish holatida foydalanuvchilarga yuridik himoya olish imkoniyatini beruvchi konsepsiya ishlab chiqish zaruratini tan olishi, biroq hozir u mavjud emasligini qayd etgan.
Shuningdek, u ayni vaqtda foydalanuvchilarning o‘chirib yuborilgan SI bilan suhbatlari yozuvlari 30 kun mobaynida saqlanishini eslatgan.