Qashqadaryo gazetasi Salomatlik Tungi bedorlik ham to‘satdan karlikka olib kelishi mumkin
Salomatlik

Tungi bedorlik ham to‘satdan karlikka olib kelishi mumkin

Yoshlarda to‘satdan karlik paydo bo‘lishi omillariga quloqchinlar yordamida baland ovozda musiqa tinglashdan tashqari, tungi bedorlik va yog‘li ovqatlar iste’moli, shuningdek, zamonaviy hayotning boshqa jihatlari ta’siri ham kiradi. Bu haqda Sohu portali ma’lum qilgan. 

Eshitish qobiliyatining birdan uch kungacha yo‘qolishi to‘satdan karlik deyiladi. Uyqudan uyg‘onganda quloqlar bitgani va eshitish darajasi pastligi uning alomatlaridan biri sanaladi. Quloq ichida qon aylanishining buzilishi to‘satdan karlikka olib keladigan sabablardan biridir. Undagi qon tomirchalari kichikligi va tiqin hamda qisilishga chidamsizligi bilan ajralib turadi. 

Yog‘li ovqatlar, uzoq vaqt quloqchin taqib yurish va uyquga yotishni kechiktirish ushbu tomirchalarning tezroq ishdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari, yaqinda o‘tkazilgan shamollash va gripp ham eshitish qobiliyati pasayishi omili bo‘lishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 65 yoshdan katta har uchinchi odam eshitish qobiliyati yo‘qolishidan aziyat chekadi.

Exit mobile version