Qashqadaryo gazetasi Olam Uch finjon qahvaga ikki finjon choy
Olam

Uch finjon qahvaga ikki finjon choy

Kuniga yetti-sakkiz finjon qahva, choy va suv ichish odamda yurak-qon tomir, saraton kasalliklari rivojlanishi ehtimolini pasaytiradi. British Journal of Nutrition jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatgan.

13 yil davomida olimlar 183 ming kishining sog‘lig‘i va ovqatlanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishgan. Ratsionida «uch finjon qahvaga ikki finjon choy» nisbatini qo‘llagan ishtirokchilar salomatligi holati ancha ijobiy chiqqan. Shuningdek, muntazam oddiy suv ichib yuruvchilar sog‘lig‘i ko‘rsatkichlari ham yuqori bo‘lgan.

Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, qahva tarkibidagi xlorogen kislotasi qandli diabet va asab tizimi kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuningdek, ushbu birikma ichak mikroflorasi tarkibi sog‘lomligini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Choydagi katexin moddasi yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatga ega bo‘lib, qon tomir va to‘qimalarni shikastlanishdan himoya qilishga yordam beradi.

Olimlar kuniga uch finjon va undan ortiq qahva ichish uyqusizlik va yurak urishi maromining izdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligini eslatganlar.  Shuningdek, juda ko‘p suv ichish elektrolitlar muvozanati buzilishiga olib kelishini aniqlashgan.

Exit mobile version