Yaponiyada 200 mingga yaqin odam doimiy yashash joyiga ega emas va binolar tomida, hatto manga-kafelar (soatbay haq to‘lanadigan dam olish maskanlari)da tunab qolishadi. Bu haqda lenta.ru manbasi o‘z tahliliga asoslanib xabar tarqatgan.
Materialda aytilishicha, 1990-yillardagi iqtisodiy inqirozdan so‘ng mamlakatda uy-joy muammosi yuzaga kelgan va yoshlar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Narxlar qimmatligi esa vaziyatni yanada keskinlashtiradi.
«Yaponiyada hatto kichik bir studiya (mo‘jaz xonadon) ijarasi ham arzon emas: markaziy hududlarda oyiga 80 ming iyenaga (7 million 240 ming so‘m atrofida), chekkaroq joylarda esa 50-70 ming iyenaga (4 million 525 ming – 6 million 335 ming so‘m atrofida) tushadi», deyiladi xabarda.
Yapon iqtisodchilari yoshlar orasida uy-joy muammosi yuzaga kelganini ish haqi miqdorlarining hozirgi o‘sish dinamikasi uy-joylar narxining jadal qimmatlashuvi sur’atiga mos kelmasligi bilan izohlagan.
