Yaqin orada Chernogoriyada kasaba uyushmalari vakillari va ish beruvchilar bilan yetti soatlik ish kunini joriy etish to‘g‘risida muzokaralar boshlanadi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi raisi Miloyko Spayich ma’lum qildi, deya xabar bergan RTCG manbasi.
«Kasaba uyushmalari va ish beruvchilarni qoniqtiradigan modelni har tomonlama ko‘rib chiqqach, keyin biz yetti soatlik ish kunini joriy etishga yaqin ekanimizni tasdiqlashim mumkin», degan u.
Bosh vazirning qayd etishicha, ish kuni davomiyligini qisqartirishdan maqsad fuqarolar uchun o‘z oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatini yaratib, ular hayoti sifatini oshirishdan iborat.
