Pokiston inson huquqlari bo‘yicha mustaqil komissiyasi hukumatga yetti yoshli bolaga qo‘yilgan terrorizm bo‘yicha ayblovni olib tashlash chaqirig‘i bilan chiqdi. Undan bir kun oldin Balujiston viloyati politsiyasi bolani mahalliy huquq himoyachisi Gulzor Do‘stning hukumatga qarshi nutqi video yozuvini tarqatgani uchun qo‘lga olishga uringan, deb yozadi Associated Press manbasi.
Faollar bo‘lib o‘tgan voqeani qoralab, «o‘ta ketgan beadablik» deb atagan va hukumatni voyaga yetmaganlar huquqlari himoyasini ta’minlashga chaqirgan. Qayd etilishicha, ayni vaqtda bola hibsda emas.
Uning advokati so‘zlariga ko‘ra, politsiya bolani hukumatga qarshi material tarqatish orqali ommani zo‘ravonlikka undashda ayblagan. Pokistonda terrorizm bo‘yicha ishlar oldin politsiya tomonidan qo‘zg‘atilib, keyin gumonlanuvchi dastlabki eshituv uchun sudga keltiriladi.