Qashqadaryo gazetasi Olam Yonilg‘i narxlari tartibga solinadi
Olam

Yonilg‘i narxlari tartibga solinadi

Polsha hukumati benzin va dizel yonilg‘isi narxlarini tartibga solish dasturini qayta ishga tushirdi va u joriy yil oxiriga qadar amal qiladi. Bu haqda respublika energetika vaziri Milosh Motika ma’lum qildi, deya xabar bergan TVP Info telekanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qaror avtomobil yonilg‘isi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘ini kamaytirishni nazarda tutadi. Benzin va dizel yonilg‘isi uchun har kuni eng yuqori ruxsat etilgan narxlar belgilanadi.

Bundan bir kun oldin Polsha prezidenti Karol Navrotskiy yonilg‘i kompaniyalarining ortiqcha foydasiga soliq solish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Bu tashabbus hukumat tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, undan maqsad yonilg‘ining chakana narxlarini pasaytirish uchun qo‘shimcha mablag‘ jamg‘arishdan iborat.

Shu yil 30 mart kuni Polsha hukumati mamlakatdagi barcha yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin va dizel narxlarini cheklash dasturini joriy qilgan edi. Ushbu dastur 15-iyunga qadar amal qilgan. Keyinchalik u avgust  oyining so‘nggi ikki haftasi uchun yana qayta joriy etilgan.

O‘sha dastur doirasida Polsha energetika vazirligi yonilg‘i narxining yuqori chegaralarini belgilaydi. Undan yuqori narxda yonilg‘i sotgan chakana savdo tarmoqlariga 1 million zlotiygacha, ya’ni taxminan 270 ming AQSH dollari miqdorida jarima solinishi mumkin.

Exit mobile version