Qashqadaryo gazetasi Olam Yutong o‘z brendiga tegishli avtobuslarning boshqaruv tizimiga masofadan kira olarkan
Olam

Yutong o‘z brendiga tegishli avtobuslarning boshqaruv tizimiga masofadan kira olarkan

Buyuk Britaniya hukumati butun mamlakat bo‘ylab ekspluatatsiyada bo‘lgan yuzlab Xitoyda ishlab chiqarilgan elektrobuslarni masofadan turib o‘chirib qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Financial Times xabar bergan.

Tekshiruvga Norvegiyada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mutaxassislar Yutong kompaniyasi o‘z brendiga tegishli avtobuslarni masofadan turib to‘xtatib qo‘yishi yoki ishdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga kelishgani turtki bo‘lgan. Ayni vaqtda qirollikda, asosan Nottingem, Janubiy Uels va Glazgo hududlarida ushbu ishlab chiqaruvchining yetti yuzga yaqin elektrobuslari harakatlanadi.

Mamlakat Transport vazirligi Milliy kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazilayotganini tasdiqlagan. Yutong kompaniyasi esa masofadan kirish imkoniyatidan faqat texnik xizmat ko‘rsatish va transport vositasi ishini muvofiqlashtirish uchun foydalanilishini ma’lum qilgan.

Norvegiyadagi Ruter transport kompaniyasi o‘tkazgan sinov natijalari Yutong masofadan turib avtobusning boshqaruv, jumladan, mantiqan ishlab chiqaruvchiga transportni to‘xtatib qo‘yish imkonini beradigan akkumulyator va elektr ta’minoti tizimiga kirish imkoniyatiga egaligini ko‘rsatgan.

Exit mobile version